
Mbappe “Real”dan qancha maosh so‘radi?
Kilian Mbappe o‘ziga jamoa tanlashi kerak. Asosiy da’vogar uchta – “Pari Sen-Jermen”, “Liverpul” va “Real”.
The Telegraph nashri 25 yoshli forvard madridliklardan qancha maosh talab qilayotgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Unga ko‘ra, Mbappe bir yillik xizmat haqi uchun 75 million evro so‘ragan. Bundan tashqari, Mbappe klubga erkin agent sifatida bepul o‘tgani uchun ham katta miqdorda bonus talab qiladi.
Kilian Mbappening parijliklar bilan amaldagi bitimi bir necha oydan so‘ng tugaydi. Parijliklar asosiy to‘purarini jamoada olib qolishga urinyapti.
Futbolchining o‘zi qaysi jamoani tanlashi haqida aniq fikr aytmayapti. Mbappe bir necha marta hali qaysi jamoa uchun o‘ynashi borasida bir fikrga kelmaganini ta’kidlagan.
Fikrlar