Mbappe “Real”da raqam tanladi, u sevimli raqamlaridan voz kechdi

  • 4 iyun, 2024, 10:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” eng ko‘p kutilgan transfer – Kilian Mbappening jamoaga o‘tganini rasman tasdiqladi.

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, 25 yoshli frantsiyalik hujumchi Madrid klubida o‘ziga raqam tanladi. Unga ko‘ra, Kilian Mbappe hamyurti Karim Benzema “Real”dan ketganidan keyin bo‘sh turgan to‘qqizinchi raqamda o‘ynaydigan bo‘ldi.  

Mbappe klub rahbariyatidan o‘zi yoqtirgan o‘ninchi raqamni so‘ramagani aytilmoqda.  Kilian Frantsiya terma jamoasida aynan 10 raqamda o‘ynaydi. 

"Real"ning yangi a’zosi o‘ninchi raqamda to‘p tepib kelayotgan va klubda yana bir mavsum qolishga qaror qilgan Luka Modrichga bo‘lgan hurmatidan sevimli raqamiga da’vogarlik qilmadi.

Mbappe PSJda o‘ynagan 7-raqam ham "Real"da band. Bu raqam jamoa yulduzlaridan braziliyalik Vinisius Juniorga tegishli.

Mbappening “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
04/06/2024 18:08
Реалди халтаси чикади