Mbappe “Real”da “oliftagarchilik” qilmaydi

  • 7 iyun, 2024, 16:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe o‘zishga xos xarakterga ega futbolchi. PSJda murabbiylardan uni o‘zi istagan pozitsiyada o‘ynatishni talab qilardi.

Tecno

Xususan, Mbappe Parij klubida markaziy hujumchi vazifasini bajarish yoqmasligi, unga erkin ijodkor roli ma’qul ekanini aytib kelgan.

Jurnalist Xose Feliks Diasning ta’kidlashicha, 25 yoshli forvard “Real”ga bundan talablarni qo‘ymaydi.

Manbaga ko‘ra, Kilian Mbappe madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan aniq bir pozitsiyada o‘ynatishni so‘ramoqchi emas. Hujumchi murabbiy uni qaysi joyga qo‘ysa, o‘sha erda o‘ynashga rozi ekanini bildirgan.

Mbappe bolaligidan “Real”da o‘ynashni orzu qilgan va unga jamoada qanday vazifa qo‘yilishidan qat’i nazar, o‘yinda ishtirok etish muhim ekanini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sanjarbek Abdillahakimov
07/06/2024 11:01
Oliftagarchilik qilolmaydi ham bu realda qande yulduzlar o'ynab ketmadi mbappe kim bo'bdi ulardi oldida