Mbappe PSJni jazoladi

  • 6 oktabr, 06:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining ettinchi turida amaldagi chempion “Pari Sen-Jermen” ikki ochko yo‘qotdi. Luis Enrike shogirdlari “Lill”ga qarshi uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida gol o‘tkazib yubordi.

Tecno

Aslida parijliklar uchrashuvning 66-daqiqasida Nunu Mendeshning aniq zarbasidan keyin hisobni ochgandi. 85-daqiqada Kilian Mbappening ukasi Etan hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Qizig‘i shundaki, Etan Mbappe aslida PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Akasi Kilian 2024 yilning yozida PSJ bilan yangi shartnoma tuzmay, “Real”ga o‘tib ketgani Etanning faoliyatiga ham ta’sr ko‘rsatgan edi.

O‘shanda poytaxt klubi yoshlar jamoasida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan iqtidorli yosh o‘yinchini asosiy tarkibga qabul qilmay, klubdan ketkazgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!