Mbappe o‘zini chiqishtirmagan Bellingemga “paxta qo‘ydi”

  • 8 dekabr, 2024, 13:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe yozda PSJ bilan shartnomani tugatib, “Real”ga ko‘chib o‘tganidan keyin madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti frantsiyalik yulduzni tarkibga kiritish uchun ayrim o‘zgartirishlarga qo‘l urdi.

Tecno

Xususan, o‘tgan mavsumda “Real” etakchisi bo‘lgan va samarali o‘yinlari bilan ajralib turgan Jud Bellingem himoyaga o‘tib o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. Mavsum boshida statistikasi tushib ketgan angliyalik futbolchi bosh murabbiyning qaroridan ochiqchasiga norozi bo‘ldi.

Ayrim ekspertlar Jud Bellingem o‘yinda Kilian Mbappeni chiqishtirayotgani haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Bellingem so‘nggi beshta o‘yinda uzluksiz to‘p kiritib kelyapti. Xususan, “Jirona”ga qarshi o‘tkazilgan bellashuvda Bellingem hisobni ochgan bo‘lsa, Mbappe o‘z goli bilan g‘alabani mustahkamladi.

O‘yindan keyin Mbappe Bellingem haqida fikr bildirdi.

- Jud bilan birga o‘ynash ajoyib va har gal o‘zgacha mamnuniyat bag‘ishlaydi. Bu gal ham u ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Bellingem bilan bir maydonda o‘ynash mazza ekan, - dedi Kilian Mbappe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!