Mbappe o‘z qaroriga shubha qilmayapti

  • 11 mart, 2022, 16:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe faoliyatini "Real"da davom ettirishga qaror qildi.

Tecno

"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Santyago Bernabeu"dagi "Real" - PSJ (3:1) uchrashuvidan so‘ng frantsiyalik hujumchi Madrid klubiga o‘tish qaroriga kelgan. Ayniqsa, stadiondagi atmosfera uning fikrini yanada mustahkamlagan.

Futbolchi va uning oilasi bu borada asosiy masala pul emasligini anglamoqda. Boisi, parijliklar unga juda katta maosh ko‘zda tutilgan shartnoma taklif etyapti. Kilian "qaymoqranglilar" safiga o‘tish orqali dunyoning eng katta maosh oluvchi futbolchisiga aylanmasa ham baxtli bo‘la olishini tushundi.

23 yoshli Mbappening jamoa bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!