
Mbappe "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe ushbu mavsum yakunlariga ko‘ra "Oltin to‘p" sovriniga asosiy da’vogari kimligini aytdi. Frantsuz futbolchisi terma jamoadagi sherigi va PSJdagi sobiq jamoadoshi Usmon Dembeleni tanladi.
"Men "Oltin to‘p"ni Dembelega bergan bo‘lardim. Men u uchun albatta ovoz beraman. Yamal va Dembele o‘rtasida tanlov bo‘lsa, men Usmonni tanlayman. Mening ovozim aniq", – deya Mbappening so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Joriy mavsum barcha musobaqalarda 28 yoshli Dembele 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol va 15 ta assist qayd etgan.
Fikrlar