
Mbappe: Ketsammi yoki qolsammi?
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini qaysi klubda davom ettirish futbol mutaxassislari va muxlislarining aksariyatini qiziqtirib keladi.
Har kuni Mbappening kelajakdagi faoliyatiga oid turli xabar va ma’lumotlar tarqatilmoqda.
Jurnalist Abdulla Bulmaning ma’lum qilishicha, 25 yoshli forvard PSJ bilan yangi shartnoma imzolamaydi.
Shunday bo‘lib chiqqan taqdirda ham Mbappening qaysi jamoani tanlashi mavhum. Ko‘pchilik “Real” variantini taxmin qilayotgan bo‘lsa-da, o‘rtada ayrim masalalar bor. Xususan, Kilianning manfaatlarini agent sifatida himoya qilayotgan onasi Fayza xonim “Real” xo‘jayini Florentino Peresni yoqtirmaydi.
Qolaversa, Mbappening o‘ziga ham “Real” turli shartlar va muddatlar qo‘yish orqali bosim o‘tkazishga harakat qilayotgani ma’qul kelmagani aytilyapti.
Parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib borayotgan futbolchining o‘zi hali qaysi klubni tanlash borasida qaror qilmaganini bildirgan.
Fikrlar