
Mbappe JCh-2022 finali haqida: "Messidan juda qattiq jahlim chiqqan edi"
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe yakshanba kuni namoyish etilgan intervyusida "Oltin to‘p" va Jahon chempionati finalidan so‘ng Messiga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.
"Men allaqachon ko‘p narsaga erishdim. Endi qanday muhim sovrinlarni yutishim kerak? Chempionlar Ligasi – va men buni amalga oshirish uchun eng yaxshi klubda o‘ynayapman. Evropa chempionati. Nega bir kuni Olimpiadada ham o‘ynamasligim kerak?
Individual mukofotlar ham muhim – albatta, "Oltin to‘p" men uchun etishmayapti. Men bu mukofotni qo‘lga kiritish uchun maydonda va undan tashqarida nima qilish kerakligini yaxshi bilaman. Agar qo‘limdan kelgan barcha harakatlarni qilsam, uni albatta yutaman.
Men unga juda jahlim chiqqandi. Juda qattiq. Lekin baribir uni hurmat qilardim, chunki u – Messi.
Biz ikkalamiz ham bu sovuq muhitni eritdik – qanday qilib bir-birimizga qarshi kurashganimiz haqida kulib gaplashdik. O‘sha final bizda unutilmas xotiralarni qoldirdi. Menimcha, bu bizni bir-birimizga yaqinlashtirdi",-dedi frantsiyalik yulduz.
Fikrlar