Mbappe: Endi “Real”da o‘zim xohlaganimdek o‘ynayman!

  • 20 yanvar, 15:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe yozda Madrid klubiga ko‘chib o‘tganidan keyin bir necha oyda yangi jamoasiga to‘liq moslashib olganini ta’kidladi.

Tecno

- Men juda baxtiyorman, chunki jamoaga to‘liq moslashib oldim. Hozir o‘zim istagandek o‘ynay olaman, - dedi frantsiyalik to‘purar.

25 yoshli futbolchi avvalgi jamoasi PSJda ham erkin to‘p tepish vakolatiga ega edi. Ayrim mutaxassislar Mbappeni himoyaga yordam bermayotgani uchun ko‘p tanqid qilib keladi.

Mbappe “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tganidan keyin barcha turnirlarda 29 marta maydonga tushib, 17 ta gol va uchta golli uzatma mullifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali tomonidan 160 million evroga baholanayotgan yulduzning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!