Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?

  • 8 may, 2024, 07:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe PSJni Chempionlar ligasi bosh sovrinisiz tark etadigan bo‘ldi.

Tecno

Frantsiya chempioni yarim finalda Dortmundning “Borussiya” klubi qarshiligini enga olmadi va har ikki uchrashuvda ham bir xil – 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Musobaqani tark etgan Kilian Mbappe o‘yindan keyin o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

- Raqib jarima maydonchasi ichida yaxshiroq o‘ynadi. Men oilam va muxlislarga achindim.

Biz qo‘limizdan kelganini qilishga urindik, lekin bu etarli bo‘lmadi. Bu mavsum biz uzoqqa borishimiz mumkinligini ko‘rsatdik, - dedi Kilian Mbappe.

25 yoshli hujumchi Evropa Chempionlar ligasining bu mavsumida 12 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Muzaffar Komilov
08/05/2024 08:23
PSJ oʻzi bu bosqichga chiqishga noloyiq edi Barsadan qanday oʻtganini hamma biladi Sharaf bilan oʻtmadi