
Maykl Ouen: "Grilish uchun "Everton"ga o‘tish ajoyib qaror bo‘ldi"
Angliya Premer-ligasining bu mavsumida Jek Grilish "Everton" safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Sobiq mashhur futbolchi Maykl Ouen 30 yoshli futbolchining o‘yini haqida fikr bildirdi:
"Bu transfer Grilish uchun ajoyib qaror bo‘ldi. Menimcha, u "Everton" uslubiga ko‘proq mos keladi. U noyob futbolchi — to‘pni nazorat qilishni yaxshi ko‘radi, ko‘p jarima zarbalari ishlab oladi. Menga u har doim yoqqan. Men har doim aytganman: Grilishning o‘yin uslubi "Manchester Siti"ga unchalik mos emasdi. Endi esa "Everton" juda foydali futbolchini qo‘lga kiritdi", — deya ta’rif berib o‘tdi Ouen.
Ayni vaqtda "Everton" Angliya chempionatining turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar