
Maykl Jekson - APLning eng yaxshi murabbiyi
Maykl Jekson premer-ligada aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"Byornli" o‘tgan oy yangi murabbiy qo‘l ositda uch uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi. "Sautgempton", (2:0) "Vulverxempton", (1:0) va "Uotford" (2:1) shular jumlasidandir. Bundan tashqari, byornliliklar "Vest Xem"sha qarshi bahsda (1:1) durang natija qayd etdi.
Ma’lumot uchun, oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar qatorida "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp, "Siti" bosh murabbiyi bor edi. Bundan tashqari, "Brentford"da ishlayotgan mutaxassis Tomas Frank ham mazkur ro‘yxatdan joy olgandi.
Fikrlar