
Mayk Tayson Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol jangida kim favorit ekanini aytdi
58 yoshli afsonaviy bokschi Mayk Tayson ikki rossiyalik - Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev o‘rtasidagi jangda favorit nomini taxmin qildi.
"Kim g‘olib bo‘lishini aytish biroz qiyin. Bu bahsda Dmitriy favorit. Menimcha, u g‘alaba qozonsa kerak", - deya "Temir musht" dan iqtibos keltirdi "SecondsOut".
Eslatib o‘tamiz, Mayk Tayson (50-6, 44 KO) navbatdagi jangini 15 noyabr kuni Jeyk Pol(10-1, 7 KO)ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar