Mayk Menyan uchun kurash avjida
"Milan" darvozaboni Mayk Menyan jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda "Football24" nashri xabar berdi.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, frantsiyalik posbonning xizmatlaridan "Chelsi" va "Bavariya" klublari foydalanmoqchi. Shuningdek, bu kurashga Turinning "Yuventus" klubi ham qo‘shilgan. Maykning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida o‘z yakuniga etadi. Agar darvozabon shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilsa, istalgan jamoaga bepul o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Menyanning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 25 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, "Milan" 30 yoshli darvozaboni 2021 yilda "Lill"dan 16,4 million evroga o‘z safiga qo‘shib olgandi. Mayk shu davr oralig‘ida jami 175 uchrashuvda maydonga tushib, shularning 65 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.



Fikrlar