Maxsus Olimpiada doirasida Respublika engil atletika chempionati yakunlandi
Musobaqada Namangan, Samarqand, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm, Jizzax, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 150 dan ortiq sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqalar ikki toifada o‘tkazildi:
1-toifa: qisqa masofaga yugurish, joyidan uzunlikka sakrash, tennis to‘pini uloqtirish;
2-toifa: 100 va 200 metr yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, mini-nayza uloqtirish.
Musobaqa natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — Toshkent shahri
16 ta oltin, 21 ta kumush va 13 ta bronza medali
2-o‘rin — Toshkent viloyati
10 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medali
3-o‘rin — Xorazm viloyati
8 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.



Fikrlar