Mavlud Tifiev tailandlik nokautchiga qarshi jang qiladi

BEPUL PROPAN

27 oktyabr kuni Tailandning Bankok shahrida navbatdagi ONE FC turniri tashkil etiladi. Ya’ni, "ONE Lumpine 38" turniri bo‘lib o‘tadi.

Mazkur jang kechasida hamyurtimiz Mavlud Tifiev ham ringga ko‘tariladi. E’tiborli jihati yurtdoshimiz ushbu kechaning 2-markaziy jangida bahs yuritadi. Unga tailandlik anchagina mashhur va nokautchi Yodpuxupa Vimanair raqiblik qiladi.
Bu jang katta ehtimol bilan Mavlud Tifievga ONE Championship promousheniga o‘tish uchun xizmat qiladi.


Ma’lumot uchun, ONE Lumpine turnirida o‘zini ko‘rsatgan sportchilar asosiy promoushen bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tifiev esa o‘zining yorqin janglari bilan promoushen mutasaddilarining e’tiboriga tushgan.

mavvv

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!