
Maurisio Pochettino yangi mavsumda "Chelsi" "Manchester Siti" bilan raqobatlashishini aytdi
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘z jamoasini o‘tgan mavsumda APL, Angliya kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan "Manchester Siti"ga qiyosladi.
"Biz "Manchester Siti" kabi jamoa bilan raqobatlasha olishiga ishonishimiz kerak. Bu qiyin bo‘ladi, albatta. Men Xosep Gvardiolani ajoyib muvaffaqiyatli natija bilan tabriklamoqchiman. Klubning yildan-yilga qanday ishlashini va barqarorlikni saqlab qolishini ko‘rish maroqli", - dedi Pochettino matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, "aristokratlar" mavsumni o‘n ikkinchi o‘rinda yakunladi. Maurisio avvalroq Angliyada “Tottenxem” va “Sautgempton” jamoalari boshqaruvida ishlagan.
Fikrlar