
Mauntning transferidan keyin MYuni braziliyalik yarim himoyachi tark etadi
"Manchester Yunayted" Meyson Mauntni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. "Chelsi" bilan bo‘lgan muzokaralardan keyin tomonlar 60 million funtlik kelishuvga erishdi. Yarim himoyachi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Manchesterga uchib ketadi.
Mauntnig tashrifidan keyin jamoani Fred tark etishi haqda "Manchester Daily" nashri xabar berdi. Unga "Fulxem" qiziqish bildirmoqda. Ayni dam londonliklar braziliyalik futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" Meysondan tashqari yana bitta yarim himoyachi sotib olishni reja qilgan.
Fikrlar