
Maunt qachon "Manchester Yunayted" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi?
"Manchester Yunayted" Meyson Maunt transferini amalga oshirishga yaqik turibdi. Mazkur xarid klubga 60 million funtga tushadi. Shuningdek, yarim himoyachi haftasiga 250 ming funtlik maosh oladi.
"Daily Telegraph" nashri xabar berishicha, Maunt dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Manchesterga uchib ketadi. Shundan keyin transfer rasman e’lon qilinadi.
"Manchester Yunayted" Mauntdan tashqari yana bitta yarim himoyachi sotib olishni reja qilgan. "Qizil iblsilar" arzonroq variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar