
Maunt "Chelsi" rahbariyatidan nima xohlaydi?
"Chelsi" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Meyson Maunt bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda.
Evening Standard nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli angliyalik futbolchi London klubidan jamoadagi boshqa tajribali futbolchilar bilan bir xil maosh so‘ragan. Masalan, yangi shartnomaga ko‘ra, himoyachi Ris Jeyms yiliga 15,2 million evro oladi.
Avvalroq OAVda «Chelsi» rahbariyati futbolchini jamoada saqlab qolish uchun bor kuchini ishga solish niyatida ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Qayd etilishicha, Mauntning o‘zi ham “aristokratlar” safida qolishni istamoqda, chunki klubning bo‘lajak bosh murabbiyi sifatida tilga olinayotgan Maurisio Pochettino uni o‘z jamoasining asosiy futbolchisi sifatida ko‘rmoqda.
Maunt joriy mavsum “Chelsi” safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha imzolangan.
Fikrlar