
Matyuidi "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Blez Matyuidi faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere di Torino nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” 32 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun 30 mln evro talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Matyuudi o‘tgan mavsum A Seriyada jami 31ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar