
Matich: "Reshford" hozirda jamoaning eng yaxshi futbolchisi"
"Roma" yarim himoyachisi Nemanya Matich Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 16 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordning muvaffaqiyatini yuqori baholadi.
"Reshford “Manchester Yunayted”ning eng yaxshi futbolchilaridan biri, hatto eng yaxshisi. U ko‘p gol uradi va shu ruhda davom etishi kerak. Muvaffaqiyatga erishish uchun har bir futbolchi klubning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj", - deya serbiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi "Centre Devil" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Matich 2017 yildan 2022 yilgacha "qizil iblislar" sharafini himoya qilgan. O‘tgan mavsum oxirida futbolchi jamoani tark etib, erkin agent sifatida Italiyaning "Roma"siga o‘tgan edi.
Fikrlar