
Matich: De Xeaning jamoadoshi ekanligimdan mamnunman
"Manchester Yunayted" klubi xavbeki Nemanya Matich jamoadoshi David de Xeaning o‘yinlariga baho berdi.
“Darvozabonlarning xatolari darhol ko‘zga tashlanadi, ayniqsa, gap dunyoning eng yaxshi darvozabonlari haqida ketganda. Biroq, men bunday xatolar Devidga yomon ta’sir qiladi deb o‘ylamayman. U matbuotni o‘qimaydi va shu sababli ham dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Uning jamoadoshi ekanligimdan mamnunman”, - deydi serbiyalik futbolchi.
Fikrlar