
Mashrabjon Ro‘ziboev Face to Face marosimida ishtirok etdi. Ertaga jang! (Video)
Ertaga, Qirg‘izistonning Bishkek shahrida katta MMA kechasi bo‘lib o‘tadi. WEF promousheni tomonidan tashkil etilayotgan ushbu oqshomda bir qator o‘zbekistonlik sportchilar oktagonga ko‘tariladi.
Jumladan, "Nursulton Team" klubi a’zolari, Bekzod Jiyanov hamda Nursulton Ro‘ziboevning shogirdalri Mashrabjon Ro‘ziboev, Kamoliddin Mamajonov, Muslimbek Komilov hamda Shahzod Yo‘ldashev navbatdagi janglarini o‘tkazadi.
Bugun, hamyurtlarimiz jang avvalidagi Face To Face marosimida ishtirok etishdi. Quyida, ushbu tadbirdan videolavhani e’tiboringizga havola etamiz!
Fikrlar