Mashhur klub Shomurodovni olishga harakat qilganini tasdiqladi

  • 29 avgust, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar vaqtida “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovni olish uchun Italiya, Frantsiya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida ko‘p xabar tarqatildi.

Tecno

Ayniqsa, Turkiya jamoalari o‘zbek hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olish uchun muzokaraga kirishgani ham yoqimli holat.

Avvaliga “Galatasaroy” vakillari hujum chizig‘iga Shomurodovni taklif qilish maqsadida rimliklarga murojaat qildi. Bu yozda Eldorga bo‘lgan ilk chorlovlardan edi. O‘shanda Joze Mourino o‘zbek futbolchisiga yangi mavsumda imkon berishga qaror qilganini aytgandi.

picture_1

Keyinchalik, Chempionlar ligasi saralash uchrashuvlari oldidan oldingi chiziqni kuchaytirishni reja qilgan amaldagi chempion “Trabzonspor” Shomurojov transferini so‘rab, “Roma” mutasaddilariga murojaat qildi. Ular hujumchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olish uchun “bo‘rilar”ga bir million evro ham va’da qildi.

Endi ma’lum bo‘lishicha, Eldorga Turkiyaning eng mashhur klubi “Beshiktosh” ham xaridor bo‘lgan ekan.

Istanbul shahri sharafini himoya qilayotgan ushbu klub sport direktori Jeyxun Kazanchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha rimliklar bilan muzokara olib borganini ma’lum qildi.

- Iyun oyida biz “Roma” vakillari bilan Shomurodov bo‘yicha muzokara qildik. Keyin vaziyatdan kelib, chiqib boshqa hujumchini sotib oldik. Ayni paytda boshqa hujumchiga ehtiyojitmiz yo‘q, - dedi Jeyxun Kazanchi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Beshiktosh” mutasaddilari “Roma”dan o‘zbekistonlik hujumchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsum ijaraga berishni so‘rashgan.

Bu transfer amalga oshmaganidan keyin istanbulliklar “Zenit” hujumchisi Artyom Dzyubani o‘z safiga qo‘shib olishni istagan. Mohir to‘purar uchun ular ikki million evro talif qilib, rad javobini olgan.  Oxir-oqibat rossiyalik hujumchi “Adana Demirspor” jamoasidan qo‘nim topdi. Shomurodov “Rostov”da o‘ynagan davrda aynan Artyom Dzyuba bilan to‘purarlar poygasida o‘zaro raqobatlashgan edi.

Rossiya chempionatida porlagan futbolchilardan quruq qolgan “Beshiktosh” birdaniga uchta hujumchi – “Standart”dan Jekson Muleka, “Everton”dan Jeng Tosun va “Byornli”dan Vut Vegxorstni transfer qildi.

Yangi mavsum boshlangan va yozgi transferlar oynasi yopilishiga bir necha kun qolganiga qaramay, Eldor Shomurodovning kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Joze Mourino “Roma”ning uchta uchrashuvidan birortasida legionerimizga ishonch bildirmadi. Jamoaga Andrea Belottining olib kelingani Eldorning maydonga tushish imkoniyatlarini yanada pasaytirib yubordi.

Shomurodovning manfaatlarini himoya qilayotgan agentlardan biri Valerio Juffrid o‘zbek hujumchisiga Italiyadan qiziqayotgan jamoalar borligi va o‘zgarish bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov O‘zbekiston, Rossiya va Italiya yuqori divizionlarida “Mash’al”, “Bunyodkor”, “Rostov”, “Jenoa” va “Roma” safida jami 221 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 45 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 23 ta golli uzatma oshirgan.

e2d95f399147891b6101ba12633a8bfd

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 53 ta o‘yinda 30 ta gol muallifi bo‘lgan.

Tezkor: Shomurodovda yangilik bormi? Agent Eldorning kelajagi bo‘yicha bayonot berdi!

Mourino Abraxamdan qattiq norozi, endi Shomurodovga imkon beradimi?

Jamoasiga ilk g‘alabani keltirgan futbolchimiz eng zo‘rlar qatoridan joy oldi!

Evropa klublari nazariga tushgan legionerimiz yana gol urib, jamoasini birinchi o‘ringa ko‘tardi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Азат Каримов
29/08/2022 17:20
Сизларни барча информацияларингиз елгон нимага керак елгон езиб
&
Абдурахмон лидер
29/08/2022 19:32
Ёлгон эмас буни бир неча хорижий информаторлар хам тасдиклади