
Masharipovning bir o‘zi butun Yaman terma jamoasidan qimmat!
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Yamanga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Ertalabdan buyon uchrashuvga doir turli xil statistik ma’lumotlarni taqdim etib boryapmiz.
Bu safar e’tiboringizga ikki terma jamoaning umumiy qiymatini taqdim etamiz. Futbolchilarning transfer narxi bilan shug‘illanuvchi "Transfermarkt" portali O‘zbekiston termasini 27.65 million evroga, Yamanni esa 1.45ga baholagan.
Vakillarimiz safida eng qimmat futbolchi Eldor Shomurodov (7 million evro) bo‘lsa, raqib safida Abdulvasi Al Matari (125 ming evro) ko‘rsatilgan. Qiziqarli tomoni, terma jamoamiz safida Otabek Shukurov (3 mln), Jaloliddin Masharipov (2,8 mln) hamda Igor Sergeev (1,5 mln) butun boshli Yaman termasidan qimmatroqqa baholangan.
Yaman – O‘zbekiston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi.
Fikrlar