
Masharipov "Roma"da ishlagan mashhur murabbiy qo‘l ostida o‘ynashi mumkin
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasiga yangi murabbiy tayinlanish arafasida.
"Todofichajes" nashrining xabariga ko‘ra, riyodliklar frantsiyalik mutaxassis Rudi Garsiya bilan muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi. Agar kelishuv amalga oshsa, Masharipov Garsiya qo‘l ostida o‘ynaydi.
Murabbiy faoliyati davomida "Sent-Eten", "Lill", "Dijon", "Roma", "Marsel" va "Lion" kabi klublarda ishlagan.
Avvalroq, "Al-Nassr" chempionatdagi omadsiz start sababli braziliyalik murabbiy Manu Menez bilan xayrlashgandi.
Fikrlar