
"Mash’al"ning Qo‘qondagi o‘yinlari qanchalik omadli?
Ertaga “Qo‘qon-1912” Qo‘qondagi «Markaziy» stadionda Pro liganing ikkinchi turida maydonga tushadi. Raqib - Muborakning «Mash’al» klubi bo‘ladi. Klub matbuot xizmati prevyuni taqdim qildi.
Jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 16 marta to‘qnash kelishgan. «Mash’al» o‘yinlarning 7 tasida zafar quchgan, 5 ta bahsda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. 4 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 25-19, «Mash’al» foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda «Mash’al» 25 ochkoni qo‘lga kiritgan. «Qo‘qon-1912» ochkosi 15 tani tashkil etadi.
Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar
14.09.2021. Qo‘qon-1912 — Mash’al - 2:2
01.07.2020. Qo‘qon 1912 — Mash’al - 2:0
16.09.2017. Qo‘qon 1912 – Mash’al - 2:4
04.11.2016. Qo‘qon 1912 – Mash’al - 1:1
2.09.2015. Qo‘qon 1912 – Mash’al - 2:1
07.05.2003. Qo‘qon 1912 – Mash’al - 0:2
13.04.2002. Qo‘qon 1912 – Mash’al - 3:1
14.10.1995. Temiryo‘lchi – Mash’al - 0:0
Eslatib o‘tamiz, “Qo‘qon-1912» — “Mash’al” jamoalarida o‘rtasidagi bahs ertaga soat 16:00 da boshlanadi.
Fikrlar