Martines: "Ronaldu – har kuni maydonda dars beruvchi futbolchidir"

  • 11 iyun, 23:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronalduning jamoadagi ahamiyati haqida gapirdi.

Tecno

"U 40 yoshida klub futbolida tengsiz tajribaga ega. Murabbiy bo‘lish — bu Ronalduni tanlash yoki tanlamaslik degani emas, balki eng yaxshi futbolchilardan eng kuchli jamoa tuzib, sovrinlar yutmoqni anglatadi.

Qarorlar faktlarga asoslangan bo‘lishi kerak. Krishtianu terma jamoa uchun so‘nggi 25 o‘yinda 20 ta gol urgan. Bunday rekord boshqa hech kimda yo‘q.

Biz jamoa ichida kuchli raqobat muhitini yaratdik va Ronaldu kabi futbolchiga ega bo‘lganingizda, har bir kun futbol darsiga aylanadi" — dedi Martines.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!