
Marselo Beylga nima sovg‘a qildi?
“Real” Madrid klubi himoyachisi Marselo bayram kechasida jamoadoshi Garet Beylga ajoyib sovg‘a topshirdi.
4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Rojestvo bayramida “qirollik klubi”ning har bir futbolchisi biror bir sherigiga sovg‘a berishi shart edi. Marselo esa Beylga golf o‘ynashi uchun klyushka sovg‘a qildi.
Bundan tashqari, ispan tilini o‘rganayotgan Luka Yovichga esa lug‘at sovg‘a qilishdi.
Ushbu tadbirda Karim Benzema va Toni Krooslar ishtirok etishmadi.
Fikrlar