Marokash terma jamoasi etakchisi Evropaning grand klubiga o‘tishi mumkin edi...

  • 27 mart, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marokash terma jamoasi va "Fiorentina" klubi yarim himoyachisi Sofyan Amrabatga ortda qolgan qishki transfer oynasida bir qancha top-klublar qiziqish bildirayotgan edi.

Tecno

Futbolchining ukasi Nordin Amrabatning VoetbalPrimeur nashriga aytishicha, 26 yoshli yarim himoyachini "Manchester Yunayted", "Barselona" va "Chelsi" klublari davralar oralig‘ida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rgan. Ammo turli sabablarga ko‘ra transfer amalga oshmay qolgan.

Ma’lumot uchun, Amrabat 2020 yildan beri Florentsiya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum “Fiorentina” tarkibida 37 ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning “binafsharanglilar” bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!