Marmush ham Husanov kabi taqdirlanadi

  • 8 aprel, 17:03
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Siti"da mart oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Mukofotni qishki transferlar oynasida jamoa safiga qo‘shilgan hujumchi Omar Marmush qo‘lga kiritdi.

O‘tgan oyda Marmush "Manchester Siti" tarkibida uch o‘yinda ishtirok etdi. Bu uchrashuvlarda misrlik futbolchi ikkita gol urdi va bir marta golli uzutmaga mualliflik qildi.

Hozirgi vaqtda "Manchester Siti" Angliya Premer-Ligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Bunda Xosep Gvardiola jamoasi to‘rtinchi o‘rindagi "Chelsi"dan atigi bir ochko orqada qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Martdan oldingi Fevral oyining eng yaxshi futbolchisi sovriniga legionerimiz Abduqodir Husanov loyiq topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!