
Mario faoliyatini Turkiyada davom ettirishga yaqin turibdi
“Breshiya” klubi forvardi Mario Balotelli faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumot berishicha, 29 yoshli futbolchining agenti Mino Rayola “Beshiktosh” bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Turk grandi esa Balotelli uchun yiliga 2,5 mln evro to‘lashga tayyor.
Marioning “Breshiya” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan, ammo klub A Seriyadan tushib ketdi va shu bois tomonlar o‘rtasidagi kelishuv bekor qilinishi mumkin. Bundan tashqari, futbolchi va klub rahbariyati o‘rtasidagi mojarolar hali ham davom etmoqda.
Fikrlar