Marchello Lippi Xitoy terma jamoasidan ketishini e’lon qildi

  • 15 noyabr, 2019, 12:03
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi 2022 yilgi jahon chempionati uchun saralash bosqichidan o‘rin olgan Suriya (1:2) ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan keyin, iste’foga chiqishini e’lon qildi.
"Bilaman, meni oylik maoshim juda ko‘p. Ha, juda va juda ko‘p. Shuning uchun, barcha javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olishim kerak.
Bugundan boshlab, men boshqa Xitoy terma jamoasining bosh murabbiyi emasman. Barchaga katta rahmat," - dedi Lippi.
Eslatib o‘tamiz, Lippi 2016 yilning oktyabrida xitoyliklar bosh murabbiyi etib tayinlangandi.
Shu yilning yanvarida italiyalik mutaxassis ishdan bo‘shagan edi va may oyida yana lavozimiga qaytarilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!