
Marchello Lippi A Seriyada chempionlik uchun qaysi jamoalar kurashishini aytib o‘tdi
Italiyalik mashhur mutaxassis Marchello Lippi joriy mavsum A Seriyadagi raqobat haqida gapirib o‘tdi.
“Bu chempionlik poygasi judayam chiroyli. “Yuventus” va “Inter” mavsum boshidanoq ajoyib chempionlik poygasini boshlab berdi.
Chindan ham chempionlik uchun kurash oxirigacha davom etadi deb o‘ylayman. Mavsum boshida chempionlik uchun 4 ta jamoa kurash olib boradi deb o‘ylagandim, ammo “Napoli” bu kurashdan chiqdi”, - deydi Lippi.
Eslatib o‘tamiz, A Seriyaning 13 ta turidan so‘ng “Yuventus” 35 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, 2-o‘rinda borayotgan “Inter” hisobida esa 34 ochko bor.
Fikrlar