Maradonadan Ronaldinogacha. Yoxud Meksikada to‘p tepgan "Barselona" futbolchilari

  • 18 oktabr, 2022, 12:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yili Dani Alves 38 yoshida sevimli "Barselona"siga qaytib, orzusini amalga oshirdi. Mavsum oxirida esa klub braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi, shu sababli futbol tarixida eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi yana yangi klub izlashga majbur bo‘ldi. Uning yangi jamoasi Meksikaning “Pumas” klubi bo‘lib chiqdi.

Tecno

dani

Ta’kidlash kerakki, “Barselona – Meksika reysi”da bunga qadar ham bir qator futbolchilar jo‘nab ketgan. Quyida Alvesdan oldin Meksika chempionatiga yo‘l olgan “Barselona” futbolchilari bilan tanishib o‘tamiz.

asensi

XUAN MANUELЬ ASENSI

70-yillarning yorqin kunlarini ko‘rgan va o‘sha davrning ko‘plab yulduzlari, jumladan, Yoxan Kroyff bilan o‘ynash sharafiga muyassar bo‘lgan ispaniyalik yarim himoyachi Xuan Manuel Asensi birinchi bo‘lib "Barselona" – Meksika reysidan bordi. "Barselona"da o‘nta ajoyib mavsumni o‘tkazgan Asensi Meksikaning "Puebla" jamoasidan iqtisodiy jihatdan jozibador taklif oldi va uni rad eta olmadi. Oradan bir yil o‘tib, Xuan Manuel boshqa mahalliy klubda o‘ynadi. Ispaniyalik futbolchi faoliyatida so‘nggi marta "Barselona" va "Puebla" klublari o‘rtasidagi maxsus tashkil etilgan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Asensi shu kuni ikki jamoa tarkibida, bittadan bo‘limda harakat qildi.

5_50

RAULЬ AMARILLA

Paragvaylik hujumchi "Barselona"da muhim o‘yinchiga aylanmadi, ammo baribir kataloniyaliklar tarkibida 54 ta o‘yin o‘tkazdi va 14 ta gol urdi. 1989 yilda u “Amerika” klubi bilan shartnoma imzoladi. Meksika jamoasiga o‘tgach, uning faoliyatida ancha yaxshilandi. U “Amerika” safida 41 ta uchrashuvda raqib darvozasini 22  marotaba ishg‘ol etishga erishdi.

4_21

XOSE MARIYa BAKERO

Ispaniyalik hujumkor yarim himoyachi "Barselona" safida 347 ta o‘yin o‘tkazib, o‘sha yillardagi kataloniyaliklarning ko‘plab sovrinlariga, jumladan 1991/92 yilgi Chempionlar ligasi g‘olibligiga katta hissa qo‘shgan. 34 yoshida u Meksikani zabt etish uchun jo‘nab ketdi, ammo mahalliy futbolga moslasha olmay, olti oydan keyin faoliyatini yakunladi. Keyinchalik, Bakero murabbiylikni boshladi.

5_51

JOVANI DOS SANTOS

Garchi dos Santos meksikalik bo‘lsa-da, uning futbol yo‘li "Barselona" akademiyasida boshlangan va u erda u tezda asosiy jamoaga ko‘tarilgan, ammo juda tez so‘ngan. Shundan so‘ng u ko‘plab Evropa jamoalarida o‘ynadi va 2019 yilda “Amerika” bilan shartnoma imzolab, vataniga yo‘l oldi. “Amerika” safida 42 ta o‘yinda 4 ta gol urgan 33 yoshli hujumchi hozir erkin agent hisoblanadi.

shuster

BERND ShUSTER

Nemis futbolchisi faoliyati davomida Ispaniyaning uchta grand klubi - "Barselona", "Real " va "Atletiko"da o‘ynagan. U 37 yoshida Meksikaga yo‘l olgan va u erda “Pumas” bilan shartnoma imzolaydi. U meksikaliklar safida atigi 6 oy o‘ynagan va 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Keyinchalik u tishlarini davolash uchun Evropaga ketgan, ammo qaytib kelmagan. Shuster uchun Shimoliy Amerikadagi eng hayratlanarli voqea o‘yin emas, balki Karib dengizida cho‘kib ketayotgan o‘smirning qutqarilishi bo‘lgan.

gvar_4

XOSEP GVARDIOLA

"Barselona"ning afsonaviy futbolchisi va murabbiyi Xosep Gvardiola ham Meksikani chetlab o‘tmagan. U "Dorados" bilan 1 yillik shartnoma imzolagan. “Manchester Siti”ni ustozi Meksika klubida 10ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan, ammo uning bu goli jamoasining quyi ligaga tushib ketmasligi uchun etarli bo‘lmadi. “Dorados” elitani tark etgach, Gvardiola murabbiylik litsenziyasini olish va “Barselona”da ishlash uchun Ispaniyaga qaytib ketdi.

marad

DIEGO MARADONA

Bir necha yil o‘tgach, “Dorados” Meksika futboli elitasiga qaytdi, ammo tezda yana quyi ligaga tushib ketdi. Keyin "Barselona"ning sobiq futbolchisi Diego Maradona klubni qutqarish uchun keldi va ikkita lavozim - bosh murabbiy va texnik direktor sifatida ishlay boshladi. “Dorados” elitaga qaytishga yaqin edi, ammo jamoa hal qiluvchi pley-off o‘yinida mag‘lub bo‘ldi. Shundan so‘ng argentinalik mutaxassis Meksikani tark etdi.

rona_7

RONALDINЬO

2000 yillarning futbol timsoli "Barselona"dagi faoliyatidan so‘ng "Milan", "Flamengo", "Atletiko Mineyro" klublarida o‘ynadi va 2014 yilda Meksikaning "Keretaro" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Ronaldino Meksika chempionatida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol urdi hamda 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sports.ru saytidan BAXTIYoR TOShTEMIROV tarjimasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!