Mansur To‘g‘izboev: Konorning Serronega qarshi jangi sotib olinganga o‘xshadi

  • 24 yanvar, 2021, 05:40
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

MMA olamining yurtimizdagi eng mashhur vakillaridan biri hisoblangan Mansur To‘g‘izboev saytimiz tomonidan tashkil etilgan MMAga bag‘ishlangan podkastda ishtirok etdi va Konor MakGregorning Donald Serrone ustida o‘ta osonlik bilan g‘alaba qozonganligini ta’kidlab o‘tdi:

Tecno

"Bu darajadagi jangchilarning oktagongacha bo‘lgan vaqtlari shoudan iborat bo‘lardi. Konor va Pore esa, juda bosiq tarzda barcha marosimlarni o‘tkazdi. 

"Kovboy"ga qarshi MakGregorning jangini 70 foiz muxlislar sotilgan bahs, deb e’tirof etdi. Serroneni juda ko‘pchilik atayin yutqazib berishda aybladi. Men o‘zim MMAda jang qilganman va bilamanki, bu kabi holatlar har qaysi darajadagi janglarda kuzatilishi mumkin. Konorda pul ko‘pligini hammamiz bilamiz. U o‘z obro‘si uchun shunday ishga qo‘l urgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas", - dedi To‘g‘izboev.

Quyida ushbu ko‘rsatuvni to‘liq formatda tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!