"Manchester Yunayted"ning yangi futbolchisi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

  • 13 yanvar, 2023, 14:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" niderlandiyalik hujumchi Vaut Vegorst transferini yakunladi.

Tecno

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, forvard tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Barcha hujjatlar imzolangan. Ijara iyun oyiga qadar amal qiladi. Kelishuvda futbolchini to‘liq sotib olish bandi qo‘shilmagan.

Ma’lumot uchun, Vegorst "Beshiktosh" safida Turkiya chempionatida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urib, 4 ta golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!