
"Manchester Yunayted"ning asosiy himoyachilaridan biri "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi
Xabaringiz bor bugun Xalqaro chempionlar kubogi turniri doirasida Gong Kongda “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” o‘zaro bahs olib bordi.
Ushbu ingliz derbisida “qizil iblislar” himoyachisi Erik Bayi tizzasidan jarohat oldi va maydonni zambilda tark etdi. Uning o‘rniga bahsni Aksel Tuanzebe davom ettirdi.
Hozircha Bayining jarohati qay darajada ekanligi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Fikrlar