
“Manchester Yunayted”ning 12 futbolchisi zaharlandi
“Manchester Yunayted” futbolchilarining bir guruhi Evropa ligasida Moldovada “Sherif” bilan bo‘lgan o‘yindan keyin ovqatdan zaharlangani ma’lum bo‘ldi, deb xabar tarqatdi The Sun nashri.
O‘yindan bir kun o‘tib, 12 nafar futbolchi o‘zini yomon his qilayotganini bildirgan. Ayni paytda klub mutasaddilari bu holat Kishinyo shahridagi ovqatlanishdan kelib chiqqanmi yoki samolyotdagi taom sabab bo‘lganligini aniqlashga harakat qilmoqda.
Bu o‘yinchilarning aksariyati ikki kunlik mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar