“Manchester Yunayted”da porlagan futbolchi endi aktyor bo‘lmoqchi

  • 25 yanvar, 2023, 22:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yulduzli davrlarini “Manchester Yunayted”da o‘tkazgan hujumkor futbolchi Jessi Lingard hozir “Nottingem Forest” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Tajribali o‘yinchi professional faoliyatini yakunlaganidan keyin futbolni to‘liq tark etib, san’at sohasida ish boshlashni rejalashtirmoqda.

Futboldan keyin aktyorlik mahorati bilan shug‘ullanaman. Balki dublyaj san’ati yoki animatsiya yaratish bilan shug‘ullanarman.

Men doim kinosevarlar qatorida bo‘lganman. Biror film yoki serialda rol ijro etish ham ajoyib ish bo‘lardi, - dedi Jessi Lingard.

30 yoshli futbolchi joriy mavsumda Angliya chempionati va Angliya Ligasi kubogi turnirlarida 16 ta uchrashuvda qatnashib, ikkitadan gol va assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!