“Manchester Yunayted” Zidanni chaqiryapti

  • 23 sentabr, 2023, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zinedin Zidan ikki yil muqaddam “Real”ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi. Biroq, mashhur murabbiyni Angliya PRemer-ligasida ko‘rishimiz mumkin.

Tecno

TodoFichaes nashrining yozishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati jamoaning qoniqarsiz starti oqibatida niderlandiyalik Erik ten Xag o‘rniga Zinedin Zidanni bosh murabbiylikka ko‘zlayapti.

Qolaversa, “Manchester Yunayted”da bir necha mavsumdan beri ichki muhitni o‘nglash imkoniyati bo‘lmayapti. Erik ten Xagning o‘zi ayrim shogirdlari bilan va bir necha futbolchi o‘zaro chiqisha olmayotgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Manbaning ta’kidlashicha, klub mutasaddilari Zinedin Zidanga aloqa chiqqan va o‘zaro hamkorlikni muhokama qila boshlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!