
“Manchester Yunayted” yulduzini Ispaniyaga jo‘natmoqchi
“Manchester Yunayted” rahbariyati Krishtianu Ronaldu kelganidan keyin asosiy tarkibga kira olmayotgan Edinson Kavanidan bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher orzusidagi transferni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
The Mirror nashrining xabariga ko‘ra, klub xo‘jayinlari urugvaylik hujumchini “Sevilya” himoyachisi Jyul Kundening transferiga qo‘shishni rejalashtirmoqda.
Ispaniyaliklar o‘z safida tajribali to‘purarni ko‘rishdan mamnun bo‘lishini bildirmoqda. Manchesterliklar esa, katta maosh oladigan va asosiy vaqtini zaxirada o‘tkazayotgan hujumchidan tezroq qutilmoqchi.
Agar bu rokirovka amalga oshsa, manchesterliklar Kundening transferi qimmatligini inobatga olib, ma’lum miqdorda mablag‘ qo‘shishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar