"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi "Real" yoki "Atletiko"ga o‘tishga tayyor
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu o‘zini La Ligada ko‘rishni istamoqda. "Tribal Football" nashrining xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining xizmatlariga "Real" va "Atletiko" qiziqish bildirgan.
Maynu hozirda ispan tilini o‘rganayotgani ma’lum qilindi. Transfermarkt uning transfer bahosini 50 million evro deb baholagan.
Yarim himoyachining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsum APLda Kobbi uchta o‘yin o‘tkazgan, ammo gol yoki assist qayd etmagan.



Fikrlar