
"Manchester Yunayted" Xyoylunning transferidan voz kechishi mumkin. Sababi...
"Atalanta"ning daniyalik hujumchisi Rasmus Xyoylunning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi xavf ostida. Bu haqda Sky Sports News nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar futbolchining tovon puli borasida kelisha olmayapti. “Qizil iblislar” Xyoylunn uchun 60 million evrodan ko‘p bo‘lmagan pul taklif qilishga tayyor, bergamoliklar esa kelishuvdan 70 million va bonus sifatida qo‘shimcha 10 million olishni kutishmoqda. Agar italiyaliklar murosa qilmasa, mankunianliklar transferdan bosh tortishadi.
Rasmus o‘tgan yozdan beri "Atalanta"da to‘p surmoqda. U o‘tgan mavsumda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar