
"Manchester Yunayted" Van-Bissakani sotmoqchi
"Manchester Yunayted" o‘ng qanot himoyachi Van-Bissakani sotishi mumkin. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, agar mankunianliklarga foydali taklif tushsa, uni sotishga qarshi emas.
Aaronning "qizil iblislar" bilan shartnomasi keyingi yili yozda yakuniga etadi. Rahbariyat 26 yoshli himoyachini keyingi yili tekinga qo‘yib yubormaslik uchun ham uni sotmoqchi. Qayd etilishicha, Van-Bissakaga APL va Italiya A Seriyasi klublari qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Bissaka o‘tgan mavsum APLning 22 uchrashuvida qatnashib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. U 2019 yildan buyon "Manchester Yunayted"da o‘ynab kelmoqda.
Fikrlar