
“Manchester Yunayted” va PSJ 100 million funtli transferga tayyorlanmoqda
PSJ yozgi transferlar vaqtida Edinson Kavani o‘rnini “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford bilan to‘ldirmoqchi.
Angliyalik futbolchi PSJ yulduzlari – Neymar va Kilian Mbappe bilan birga hujum uchligini tashkil qilishi kerak. Qolaversa, parijliklar bosh murabbiyi Tomas tuxel 22 yoshli futbolchining mehnatkashligi va harakatchanligidan hayratga tushayotganini ma’lum qilgan.
Aslida “Manchester Yunayted” asosiy hujumchilaridan birini sotmoqchi emas. Lekin parijliklar taklif qilayotgan 100 million funtdan ziyodroq mablag‘ inglizlarning fikrini o‘zgartirishi tabiiy.
Reshfordga “Barselona” va “Yuventus”dan ham qiziqishlar bor.
Fikrlar