“Manchester Yunayted” to‘xtamaydi!

  • 24 iyul, 2022, 11:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag klub rahbariyati yangi o‘yinchilarni olishda davom ettirishidan umidvor ekanini ma’lum qildi.

Tecno

Hozircha, manchesterliklarning transfer bozoridagi faoliyati kutilganidek bo‘lmayapti. Klub o‘z safiga Tirell Malasia, Kristian Eriksen va Lisandro Martinesni qo‘shib oldi. Bosh murabbiy bu transferlar kamlik qilishini ta’kidlamoqda.

- Biz yarim himoyachga Eriksenni oldik. Xursandmiz. Hozir maydon markazi va hujum chizig‘idan ko‘nglim to‘q.

Mavsumda muhim o‘yinlar ko‘p. Jahon chempionati bor. Yaxshi jamoalar ko‘proq o‘yinchilarga muhtoj bo‘ladi.

Tarkibni yanada kuchaytirishim kerak. Eng muhimi, ijrochilarni to‘g‘ri tanlash. Bu transferlar muvaffaqiyatga erishishimizda muhim omil hisoblanadi, - dedi Erik ten Xag.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!