
“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisining yangi jamoasi ma’lum
"Manchester Yunayted"ning sobiq vingeri Jessi Lingard faoliyatini Angliya Premer ligasining boshqa jamoasi davom ettiradi. Unga "Nottingem Forest" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Britaniyalik jurnalistlarning ma’lum qilishicha, futbolchi klub bilan kelishuvga erishgan.
Yaqin orada Lingard "o‘rmonchilar" joylashgan bazaga etib boradi. Jessi yaqin vaqt ichida “Nottingem” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va klub bilan shartnoma imzolaydi. Biroq, hozircha kelishuv necha yilga amal qilishi hamda Lingardning maoshi qancha ekanligi ma’lum emas.
Avvalroq Lingard “Manchester Yunayted” bilan hamkorlikni uzaytirish borasida kelisha olmadi. Jessi erkin agent maqomida "o‘rmonlar" safiga o‘tadi.
Jessiga da’vogarlar orasida “Vest Xem”, BAA va Saudiya Arabistoni klublaridan taklif borligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Fikrlar